Foto: Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz Toshkentda
Foto: Inobat AHATOVA/“Xalq soʻzi”
Ayni damda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan delegatsiyamiz boʻlgan samolyot Toshkentga qoʻndi. Aeroportda oʻzbekistonlik olimpiadachilarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Jarayondan “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat Ahatova xabar bermoqda.

Marosimda jurnalistlar, sportchilarning oila aʼzolari, mutasaddilar hamda sanʼatkorlar ishtirok etmoqda.
Marosimdan soʻng, olimpiyachilarimiz “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” koʻchalari va A.Temur xiyoboni boʻylab ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston 3 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring