Foto: Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Kobulga keldi

17:26 22 Fevral 2022 Siyosat
1000 0

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Afgʻoniston poytaxtiga Kobul shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda "Sputnik Oʻzbekiston" xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistonning amaldagi rasmiylari bilan qanday masalalarni muhokama qilishi hozircha maʼlum emas.

Oldinroq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha Maxsus vakili Teri Xakala hamda YEIning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus elchisi Tomas Niklassonni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер