Forum: Besh tashabbus targʻibotida OTM yoshlar yetakchilarining oʻrni

15:28 29 Noyabr 2019 Jamiyat
2096 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusini yigit-qizlar oʻrtasida keng targʻib etishda oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarning oʻrni katta. Fargʻona vodiysi yoshlarining Namanganda oʻtkazilayotgan “Kuchli targʻibot-yuksak natija” mavzuidagi forumi OTMlardagi yoshlar yetakchilarining oʻrni va rolini kuchaytirish masalasiga qaratildi.

Anjumanda vodiydagi mavjud oliy taʼlim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet yetakchilari, rassom va hunarmand talabalar, sportchi yigit-qizlar hamda boshlangʻich tashkilot yetakchilari bilan ishlash va ular faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshliqlari ishtirok etmoqda.

Forumning Namangan shahar hokimligida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida mamlakatimizda yoshlar kamoloti, ular safidagi isteʼdod va iqtidorlarni tarbiyalashda besh tashabbusning ahamiyati, bu borada joylarda yaratilgan shart-sharoit , sanʼat, kitobxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlarda erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida gap bordi. Ayni paytda ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan holda Namangan oliy oʻquv yurtlarida anjuman kun tartibiga kiritilgan tadbirlar ijrosi bilan band.

Maʼlumot uchun, forum doirasida “Istiqlol isteʼdodlari” mavzusida tasviriy va amaliy sanʼat koʻrgazmasi, OTM talabalarining ijodiy ishlari, teatr studiyalarining spektakllari namoyishi, ishtirokchilardan tashkil etilgan jamoalar oʻrtasida stol tennisi, futbol hamda voleybol boʻyicha oʻrtoqlik musobaqalari, kibersport bahslari, “Zukko kitobxon” tanlovi, “Muvaffaqiyat sirlari” mavzusida davra suhbatlari boʻlib oʻtadi.

Forum yakunida yosh isteʼdodli sanʼatkorlar ishtirokida madaniy dasturlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер