Fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

17:29 09 Aprel 2025 Jamiyat
323 0

Hukumat qaroriga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi, deb xabar bermoqda “OʻzA” axborot agentligi.

Unda aytilishicha, endilikda konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha “Jonli ijro”, “Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz” yoki “Fonogrammali konsert dasturi” deb aniq koʻrsatib oʻtilishi lozim boʻladi.

Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” davlat mukofotlariga tavsiya etishda ularning jonli ijro eta olish qobiliyati ham inobatga olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер