Sud F. Abduholiqovga BHMning 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi
Foto: Arxiv surat
Bugun, 21-fevral kuni, jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida Kinematografiya agentligi bosh direktori Abduholiqovga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud qarori eʼlon qilindi.
Sud qaroriga koʻra F. Abduholiqov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-8-moddasi (davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 4-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Ushbu qaror ustidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartib va muddatda apellyatsiya shikoyati yoki protest berish mumkinligi maʼlum qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring