Filippin shimolida xavfli gripp turi tarqalgani maʼlum boʻldi
Illyustrativ surat
Filippin qishloq xoʻjaligi vazirligi Pampanga shimoliy provinsiyasida parranda grippi (H5N6) aniqlangan. Hukumat uning tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qariyb 39 000 bosh tovuqni yoʻq qilishga qaror qilgan.
“CNN Philippines” telekanali xabariga koʻra, parranda grippining oʻchogʻi San-Luis tumanidagi parranda fermada topilgan. 2017-yilda ham hukumat Pampanga va Nuyeva-Esixa provinsiyalarida parranda grippining tarqalganligi haqida maʼlum qilgan ammo uni odamlarga yuqish holatlari qayd etilmagan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan izohga koʻra, parranda grippi qushlarning yuqumli virusli kasalligi boʻlib, koʻpincha aniq alomatlari ega boʻlmaydi. Ammo baʼzi holatlarda odamlar va hayvonlarda kasallik yoki simptomlarsiz infeksiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring