FIFA reytingi yangilandi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Foto: OʻFA
FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi reytingda avvalgi oʻrnini saqlab qolgan va 50-oʻrinda qayd etilgan. Shuningdek, Osiyo terma jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston 5-oʻrindan joy olgan. Termamizdan yuqorida esa quyidagi jamoalar (mos ketma-ketlikda) joylashgan.
• Yaponiya;
• Eron;
• Janubiy Koreya;
• Avstraliya.
Ispaniya hali hamon kuchli uchlikda yetakchi boʻlib turgan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi pogʻonalarni Argentina va Fransiya band qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring