Fidoyi santexnik va muhandisga avtomobil tuhfa qilindi
Qarshi shahridagi Paxtazor mahallasi hududida qurib bitkazilgan 2 ta yetti qavatli, jami 84 xonadonga moʻljallangan zamonaviy uylar foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat, shahar hokimligi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ushbu loyihani amalga oshirgan “Mirjamol Shohrux qurilish savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan ikki nafar xodimga “Kobalt” avtomobili tuhfa qilindi.
Yana bir eʼtiborli jihati, 6 ta xonadon hududdagi ehtiyojmand oilalarga tadbirkor tomonidan sovgʻa sifatida berildi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring