Fermer xoʻjaliklariga yuklatilgan majburiyatlar kamaytiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Hujjatda xoʻjaliklari suv resurslaridan tuman irrigatsiya boʻlimlari oʻrtasida suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi masalalari ham oʻz aksini topgan.
Oʻz navbatida, tuman irrigatsiya boʻlimlari bilan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq sugʻorish tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi aniq belgilab qoʻyilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi fermer xoʻjaliklariga yuklatilgan majburiyatlar kamaytiriladi va optimallashtiriladi. Fermer xoʻjaliklari faoliyatiga davlat aralashuvi keskin qisqartirilgan holda, ularning mustaqilligi taʼminlanadi hamda oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyatidan iqtisodiy manfaatdorligi oshadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring