Fergyuson “Oltin toʻp”ga kim koʻproq munosibligini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Bu yil “Oltin toʻp”ga Portugaliya va Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koʻproq munosib.
Xuddi shunday fikrlarni Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson ilgari surmoqda.
«Ronaldu bunga loyiq. Chunki u bu yil rekord ortidan rekord oʻrnatmoqda», degan mutaxassis.
2021-yilda Ronaldu terma jamoa uchun eng koʻp gol urish boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi. U Portugaliya termasi tarkibida 115 ta gol urib, amaldagi rekordchi eronlik Ali Dayidan uzib ketdi.
Bundan tashqari, u terma jamoalar boʻyicha eng koʻp xet-trik qilish boʻyicha ham rekord oʻrnatdi. 2022-yil boʻladigan jahon chempionati saralash bosqichining sakkizinchi turida Lyuksemburg darvozasiga uchta gol kiritdi. Bu uning terma jamoa tarkibidagi oʻninchi xet-trigi hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasi tarkibida Ronaldu 2016-yilda Yevropa chempioni boʻldi. 2004 qitʼa chempionatining kumush, 2012-yilda esa bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2019-yilda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Millatlar Ligasi gʻolibi boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring