Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi xalqaro darajadagi nufuzli koʻrgazmada ishtirok etmoqda

16:54 09 Iyun 2023 Iqtisodiyot
872 0

Sochi shahrida MDH hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Mazkur xalqaro darajadagi nufuzli yigʻinda Oʻzbekiston delegatsiyasi orasida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi ham ishtirok etmoqda.

Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasidagi yigʻinda “Sirius” fan va sanʼat bogʻida “Yevroosiyo – bizning uyimiz” koʻrgazmasi ham tashkil etilgan. Ushbu koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli loyihalarni namoyish etishdir.

Sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat kompleksi, energetika, sogʻliqni saqlash, transport va logistika, moliya va oʻzaro hisob-kitoblar, turizm, sport, taʼlim va yoshlar siyosati — koʻrgazmaning asosiy yoʻnalishlari boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер