Fargʻonadagi yoqilgʻi quyish shoxobchalaridan birida portlash sodir boʻldi
25-noyabr kuni Toshloq tumanidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi.
Aniqlanishicha, voqea taxminan soat 16:42 da sodir boʻlgan. Qayd etilishicha, gaz-havo aralashmasining chiqishi oqibatida suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan.
Natijada stansiyada xizmat qilayotgan besh nafar xodim tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Keyinroq hodisa sabablarini oʻrganish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring