Fargʻonadagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchilarning formasi joriy etiladimi?

14:10 22 Avgust 2024 Jamiyat
277 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida 76 ta professional taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda kelajagimiz vorislariga 165 ta kasb va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim-tarbiya beriladi.

Hozirda viloyatdagi professional taʼlim dargohlarida 3400 nafarga yaqin pedagoglar faoliyat koʻrsatadi. Ularning 973 nafari ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridir. Boisi, bilim maskanlarida mutaxassislar tayyorlashda nazariy bilimlar amaliyot bilan oʻzaro uygʻun holda tashkil etiladi. Bu borada dunyoning eng rivojlangan davlatlari, xususan, Germaniya dual taʼlim tizimi tajribasi boʻyicha oʻqitish, kasb-hunar oʻrgatish yoʻlga qoʻyilgan.

2024–2025 oʻquv yili uchun viloyatda kasb-hunar maktablariga qariyb 11 ming nafar oʻquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Qabul jarayoni muvaffaqiyatli tashkil etilib, kunduzgi taʼlimga 16 ming, dual taʼlimi tizimi asosida oʻqishga 1 ming 76 nafar oʻgʻil-qizlar qamrab olindi.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari doirasida hududlar kesimida seminarlar oʻtkazilib, bu borada mavjud muammolarni bartaraf etish, bino va inshootlar, oʻquv va laboratoriya xonalarini mukammal tayyorlash ishlari sifatli yakuniga yetkazilishi uchun amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.

— Yangi oʻquv yili oldidan oʻzaro kelishuv asosida professional taʼlim muassasalarida pedagoglarning yagona formasi boʻlishi bir ovozdan maʼqullandi, — deydi Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov. — Yuzma-yuz muloqotda rahbar va pedagog xodimlarning masʼuliyati, kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha ham yangi tajribalarni joriy etishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер