Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan “zapravka”da «Matiz« portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar “Sholdirama” MFY “Alisher Navoiy” koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida “Matiz” avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.
FVV maʼlumotlariga koʻra, mazkur holat natijasida yongʻin kelib chiqmagan. Portlash oqibatida jabrlanganlar hamda halok boʻlganlar aniqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani “Guliston” MFY hududidagi ustaxonada “MAN” rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan edi. Mazkur portlash oqibatida halok boʻlganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring