Fargʻonadagi bogʻchada bolalar ommaviy zaharlandi
Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida joylashgan bogʻchada bolalar ommaviy ravishda zaharlandi. Bu haqda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, 22-avgust kuni Qiziltepa qishlogʻidagi 7-sonli bogʻchada ovqatdan zaharlanish holati qayd etilgan. Jami 13 nafar tarbiyalanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisadan soʻng mazkur bogʻcha faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.
Ayni vaqtda mutasaddi idoralar tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Hodisa sabablari oʻrganilmoqda va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring