Fargʻonada uch nafar erkak is gazidan zaharlanib vafot etdi

14:16 18 Yanvar 2022 Jamiyat
1166 0

Fargʻonada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda shahar hokimining hodisani oʻrganish boʻyicha qarorida maʼlum qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-yanvar kuni soat 13:00da Abdulla Qodiriy koʻchasida joylashgan uydan 3 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, ulardan biri mehmon boʻlib, tez tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazining viloyat filialiga yetkazishga erishilgan. Koʻrsatilgan yordamga qaramay, erkak kasalxonada vafot etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumlar is gazidan zaharlangan.

Viloyat hokimi qarori bilan hodisa sabablari maxsus ishchi guruhi tomonidan oʻrganilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер