Fargʻonada sifatsiz tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi

19:12 14 Aprel 2026 Jamiyat
196 0

Bagʻdod tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqarolar M.J. va D.A. fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan 7 turdagi 450 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotini 127,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер