Fargʻonada Qoʻriqlash boʻlimi xodimi choʻkayotgan ayolni qutqarib qoldi

12:25 07 Avgust 2025 Jamiyat
291 0

Fargʻona viloyati Rishton tumanida Qoʻriqlash boʻlimi xodimi choʻkayotgan ayolning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-avgust kuni soat 13:00 larda, Qoʻriqlash boʻlimi xodimi, kichik serjant Sherzod Odilov Rishton tumani Zodiyon qishlogʻidan oqib oʻtuvchi Katta Fargʻona kanalida choʻkayotgan ayolni koʻrib qolgan hamda uni zudlik bilan suvdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatgan.

2004-yilda tugʻilgan R.A. (ayol) ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan. Tuman tibbiyot boʻlimi uni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, sogʻligʻi yaxshi holatda ekani maʼlum qildi.

Avvalroq ham Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Yoʻl patrul xizmati xodimi suvda choʻkayotgan fuqaroni qutqarib qolgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер