Fargʻonada oʻzgalarning salkam 75 million soʻmni oʻzlashtirgan 16 yoshli yigit ushlandi

20:51 03 Mart 2024 Jamiyat
358 0

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yashovchi 48 yoshli (ayol) M.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 74,5 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 16 yoshli X.Y. sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, X.Y. internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) joʻnatib, ularni qiziqtirib, bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni oʻgʻirlab, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a,b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, X.Y.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер