Fargʻonada Oʻzbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda
Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Dastlab viloyat keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar va yoshlar Fargʻona shahrida Alisher Navoiyga oʻrnatilgan haykal poyiga gulchambarlar qoʻyishdi. Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi direktori Nigora Bannopovaning aytishicha, kun davomida taniqli ijodkorlar ishtirokida bayram tadbirlari, yosh ijodkorlar mushoiralarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ayni lahzalarda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari, ixtisoslashgan va umutaʼlim maktablari, mehnat jamoalarida til bayramiga bagʻishlangan tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar davom etmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring