Fargʻonada oʻquvchilarga Prezident sovgʻasi tarqatilmoqda

18:17 15 Avgust 2024 Jamiyat
419 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan yangi oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfiga 75 ming 501 nafar oʻquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Aytish joiz, bu yil viloyatdagi 4 ta shahar – Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon va Quvasoyda 1-sinfga qabul qilish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan. Shu yilning 12-avgust holatiga 1-sinfga qabul uchun qariyb 11 ming hujjatlar onlayn, 55,4 mingtasi anʼanaviy usulda qabul qilib olindi. Hozirda qabul jarayoni davom etmoqda.

— Ayni paytda 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻasi toʻliq yetib kelgan va hududlar kesimida tarqatilyapti, — deydi Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abdujabbor Gʻaniyev. — Shuningdek, ota-onalar va oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida shahar-tumanlarda maktab yarmarkalari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер