Fargʻonada muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar qasamyod qabul qildi

16:39 25 Aprel 2022 Jamiyat
979 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona shahrida joylashgan Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida Sharqiy harbiy okrugi Fargʻona va Soʻx garnizonida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishlariga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi ofitserlari, Fargʻona viloyati hokimligi masʼullari, Qurolli Kuchlar faxriylari, askarlarning ota-onalari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan etgan tadbir bayramona tus oldi. Unda soʻz olganlar yurt himoyasi er yigit uchun chinakam sharaf va muqaddas burch ekanini taʼkidlab, bu masʼuliyatli yumushni sadoqat bilan bajarishda askarlarga omad tiladilar. Oʻz navbatida mamlakatimiz harbiy salohiyatini oshirish yoʻlida olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasi yuksak faxr bilan eʼtirof etildi.

Qasamyod qabul qilish tadbirida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan muddatli harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovgʻalari topshirildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер