Fargʻonada millatlararo doʻstlik va totuvlik bayrami

15:47 17 Mart 2022 Jamiyat
818 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona shahridagi Milliy madaniy markazda ekstremizm va terrorizm, missionerlik gʻoyalariga qarshi maʼnaviy–maʼrifiy, tasviriy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Milliy madaniy markazlar rahbarlari va badiiy guruhlar, viloyat rus drama teatri jamoasi hamda yoshlar ishtirokidagi tadbirda bugungi globallashuv zamonida tinchligimiz va barqarorligimizga tahdid soluvchi turli illatlarning salbiy oqibatlari, ularga qarshi keskin kurashish, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritildi.

Tadbir doirasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlik — dahshatli ofat” mavzusida talaba hamda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida rasmlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Fargʻona viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan raqslar, kuy-qoʻshiqlar qatnashchilarga yanada xush kayfiyat ulashdi. Tadbir chin maʼnoda millatlararo doʻstlik va totuvlik bayramiga aylanib ketdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер