Fargʻonada mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Fargʻona viloyati YHXB
Fargʻonada mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 5-sentyabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan oʻtgan 4R-112 Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlining 186-kilometrida sodir boʻlgan. “Hyundai” rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Manbaga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda mazkur holat yuzasidan Quva tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring