Fargʻonada Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon doʻstlik forumi oʻtkazildi
Joriy yilning 29–31-mart kunlari Fargʻona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon doʻstlik forumi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Ozarbayjon olimlari, ekspertlari, parlament aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat arboblari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova oʻz chiqishida mazkur Forum xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash hamda samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganiga eʼtibor qaratdi.
Tadbir doirasida viloyatning Oʻzbekiston tumanida joylashgan “Doʻstlik stelasi” poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Forum ishtirokchilari Fargʻona davlat universitetida “Doʻstlik stelasi – qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik ramzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyada ham qatnashdi.
Tadbir doirasida ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, oʻzaro ishonchni yanada kuchaytirish hamda strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur anjuman mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring