Fargʻonada mayning kripto-aktivlari qurilmalarini oʻrnatgan oilaviy korxona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor nazorat tadbirida “B-M.” oilaviy korxonasi rahbari A.A. korxona ishlab sexida jami 61 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga ulab, 787,4 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring