Fargʻonada kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Fargʻona viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shahardagi Furqat koʻchasi boʻylab harakatlanib kelgan “Bestune T99” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan U.X. va boshqalarga tegishli 2 dona polipropilen qopda inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 1 359 dona “Tropikamid”, 3 360 dona “Regapen” va 10 dona “Selofen” nomli dori vositalari hamda 1 dona idishga quyilgan rangsiz suyuqlik borligi aniqlan. Ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring