Fargʻonada koreys tili oʻqitish markazi ish boshladi

17:36 06 Dekabr 2023 Jamiyat
465 0

Foto: Xalq soʻzi

Fargʻona shahrida Koreya Respublikasining “Posco International Textile” kompaniyasi tomonidan oʻtgan yili bunyod etilgan Yoshlar taʼlim markazi qoshida koreys tili oʻqitish markazi faoliyat boshladi.

Oʻquv markazining tantanali ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimligi, xalqaro hamkorlik va taʼlim sohasi masʼullari, oʻquvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Shuningdek, tadbirda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Fargʻona viloyati va Koreya Respublikasi oʻrtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Tadbirkorlik, investitsiyalar jalb etish, taʼlim va sogʻliqni saqlash, madaniy hamkorlik doirasidagi doʻstona munosabatlar bugun sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi.

— Hozirda rus va ingliz tilini mukammal bilaman, — deydi Fargʻona shahridagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan 2-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi Kristina Chen. —Kelajakda xorijda oʻqishni maqsad qilganman. Shu bois ushbu markazda koreys tilini qunt bilan oʻrganishga kirishdim.

Aytish joiz, markazga 13 yoshdan yuqori boʻlgan oʻgʻil-qizlar qabul qilinib, ularga 4 oylik bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bugungi kunda bu yerda 50 nafar tinglovchi taʼlim olmoqda.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер