Fargʻonada yoʻlovchi avtobusi agʻdarilib ketdi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida “Isuzu” rusumli avtobus ichidagi yoʻlovchilari bilan agʻdarilib ketdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 23-sentyabr kuni soat 10:00 larda Yozyovon tumani “Qorasoqol” MFY hududidan oʻtgan D-086 “Margʻilon.sh-Ulugʻnor” avtomobil yoʻlining 18-kilometrida sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, 1979-yilda tugʻilgan haydovchi Q.M. “Dongfen” rusumli avtomobilni oraliq masofani saqlamasdan boshqarib kelayotgani sababli, yoʻlning ruxsat etilgan qismidan qayrilayotgan “Isuzu” rusumli avtobusga borib urilgan. Oqibatda ichida yoʻlovchilari boʻlgan avtobus yoʻlning qatnov qismiga agʻdarilib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Isuzu”ning bir nafar yoʻlovchisi tan jarohati olgan. U zudlik bilan shifoxonaga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring