Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida erkak fuqarolarga toʻpponcha oʻqtalib, buni videoga oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida fuqarolarga soxta toʻpponcha oʻqtalib, video olgan bloger 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro shahardagi klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta toʻpponcha bilan fuqarolarga oʻqtalgan va buni videoga olgan. Video ijtimoiy tarmoqlardagi bir nechta sahifalarga joylangach, koʻplab muhokamaga sabab boʻlgan.
“Qoʻqon shahar Ichki ishlar xodimlari meni chaqirdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qingʻir ishlar bajarmayman, uzr soʻrayman”, degan u.
Surishtiruvlar davomida ushbu shaxs tomonidan oldin ham bir nechta huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoʻqon shahar sudiga yuborilgan.
Sud esa mazkur moddalarga asosan unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring