Fargʻonada doʻstining toʻyi kuni kortej uyushtirganlar qamaldi

12:58 12 Avgust 2024 Jamiyat
365 0

Foto: Videodan kadr

Fargʻona viloyatida doʻstining toʻyi kuni kortejlar uyushtirgan huquqbuzar haydovchilar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida doʻstining toʻyiga borgan yigitlar boshqa transport vositalarining qatnoviga xalal berib, toʻy korteji uyushtirgan.

Holat yuzasidan shu kunning oʻzida oʻrganish ishlari olib borilib, haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, ularning boshqaruvidagi mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Tanishimning toʻyida oʻzimni BYD mashinamda qarama-qarshi harakatlandim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi haydovchilardan biri.

Qoidabuzarlar mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 5 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер