Fargʻonada bedarak yoʻqolgan 14 yoshli qiz Andijondan topildi

23:38 31 Iyul 2024 Jamiyat
583 0

Fargʻona viloyati Rishton tumanida bedarak yoʻqolgan 14 yoshli qiz Andijondan topildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 26-iyul kuni Rishton tumanida yashovchi ayol viloyat IIBga murojaat qilib, 2010-yilda tugʻilgan qizi Mushtariy Abdulaxatova 24-iyul kuni soat 19:35 larda yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganini maʼlum qilgan.

Qizning onasi shu kuni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ham murojaat qilib, qizining topilishida koʻmak soʻragan. Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi.

Natijada bedarak yoʻqolgan qiz Andijon shahrida bemaqsad yurgani aniqlanib, xodimlar tomonidan olib kelindi va ota-onasiga sogʻ-salomat holatda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер