Fargʻonada avtotreyler jarlikka qulab tushdi
Foto: Fargʻona viloyati YHXB
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlida avtotreyler avtohalokatga uchradi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 4-sentyabr kuni soat 18:00 larda A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 313-klametrida sodir boʻlgan. “Angren TUR” MCHJ ga tegishli boʻlgan “SHACMAN DELONG” rusumli avtotreyler haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, jarlikka qulab tushgan.
“UzAuto Motors”ning maʼlum qilishicha, YTH oqibatida avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan. Biroq, avtotreylerda boʻlgan 8 ta “Chevrolet Cobalt” avtomobili zarar koʻrgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB YHXG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring