Fargʻonada 4 millionlik tilla buyumlarni oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

01:05 20 Dekabr 2021 Jamiyat
1339 0

Fargʻonada fuqaro xonadoniga yashirincha kirgan firibgar 4 million soʻmlik tilla buyumni oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda “Postda” xabar berdi

Xabarga koʻra, Fargʻona viloyati Quva tumani Qayirma mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, joriy yilning 16-noyabr kuni fuqaro xonadoniga oʻgʻri kirib, 4 million soʻmlik 4 dona tilla uzuk hamda 300 ming soʻm pulni oʻgʻirlab ketgan.

Murojjatdan soʻng, mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor qidiruv harakatlari olib borilib, oʻgʻri topildi. Aniqlanishicha, oʻgʻri shu tumanda yashovchi shaxs hisoblanib, protsessual tarzda chora koʻrildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер