Fargʻonada 340 million soʻmlik sifatsiz tamaki savdosi toʻxtatib qolindi
Fargʻona viloyatida 10 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti toʻxtatib qolindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda fuqaro S.O.ning boshqaruvidagi “ONIX” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, avtotransport vositasida umumiy bahosi 340 million soʻmlik 10 ming quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsuloti borligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring