Fargʻonada 264 ming dona pirotexnika vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi

17:44 15 Yanvar 2024 Jamiyat
664 0

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodil-Qoʻqon” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi Qoʻqon shahri hududida belgilangan tartibda toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, avtomashinaning saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda chetdan noqonuniy olib kirilayotgan dastlabki qiymati 31 million soʻmlik jami 264 000 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер