Fargʻonada 15 yoshli oʻsmirning oʻlimi ortidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlandi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Qoʻqon shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi yotoqxonasida ikki nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilar oʻzi bilan birga tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan R.A.ga tan jarohati yetkazishi oqibatida vafot etgani boʻyicha 2 nafar xodim IIO xizmatidan boʻshatilganligi haqida xabar berilgan edi.
Ichki ishlar vazirligi tegishli xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga koʻra, ushbu markaz boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, xizmat faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun 3 nafar xodimga “Hayfsan” intizomiy jazosi tayinlandi. 4 nafar xodimning esa, lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlash maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring