Fargʻona viloyatida turkiyalik meʼmorlar loyihasi asosida zamonaviy inshootlar quriladi

13:33 19 Yanvar 2023 Jamiyat
1125 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni kunlarda Mehmet Bektash boshchiligidagi Turkiyaning “Studio Vertebra” meʼmorlik kompaniyasi vakillari Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.

Fargʻona viloyati hokimligida oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda “Studio Vertebra” vakillari mamlakatimizning turli hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona viloyatida ham bir qator istiqbolli loyihalarda ishtirok etish istagini bildirdi. Uchrashuvda turkiyalik meʼmorlar tomonidan bu borada rejalashtirilayotgan bir qator bino-inshootlar loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

— Oʻzaro hamkorlik kelishuvlariga koʻra, turkiyalik meʼmorlar tomonidan Margʻilon musiqali maqom teatri uchun 500 oʻrinli yangi bino quriladi, — deydi Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Laziz Pozilov. — Shuningdek, turk meʼmorlari loyihasi boʻyicha viloyat koʻrgazmalar markazi bunyod etiladi. Uning tasarrufida koʻrgazmalar pavilyoni, biznes markazi, 500 oʻrinli konferensiyalar zali va boshqa obyektlar qurilishi koʻzda tutilmoqda.

Shu bilan birga Fargʻona shahrining Qirguli dahasida turizm majmuasi barpo etish ham moʻljallanyapti. Viloyatda turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan ushbu loyiha doirasida zamonaviy mehmonxona, choʻmilish havzasi, restoranlar hamda boshqa qator xizmat koʻrsatish obyektlari qad rostlaydi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер