Fargʻona viloyatida portlash yuz berdi: qurbonlar bor

16:44 01 Yanvar 2022 Jamiyat
1513 0

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida 2021-yilning 31-dekabr kuni soat 17:00 da hammomdagi gaz-havo aralashmasi yonib ketgan, natijada tom qulab tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻt oʻchiruvchilar voqea joyiga borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishdi. Hodisa oqibatida uch kishi halok boʻlgan, toʻrt nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер