Fargʻona viloyatida kuniga oʻrtacha 150 tonna oʻrik eksport qilinmoqda
2022-yilda Fargʻona viloyatida umumiy qiymati 3 million dollarlik 3000 tonnaga yaqin oʻrik eksport qilingan. Oʻriklar Rossiya Federatsiyasiga, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Moʻgʻuliston davlatlariga eksportga rasmiylashtirilgan.
Jarayonlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Vodiy” va “Margʻilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarining Oltiariq tumanida joylashgan eksportga koʻmaklashish markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha sutkaning 24 soati davomida xizmat olib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Bu yil viloyatda kunlik eksport oʻrtacha 150-200 tonnani tashkil etmoqda. Joriy mavsumda tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 1 million 200 ming dollarlik 1500 tonnadan ortiq oʻriklar eksport qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring