Fargʻona tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qizgʻin olib borilmoqda

18:02 17 Iyul 2023 Jamiyat
776 0

Foto: Xalq soʻzi

Ayni kunlarda Fargʻona tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud elektr qurilmalari hamda elektr uzatish tarmoqlarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlari olib borilayotir.

Bu borada belgilangan reja-jadvalga asosan tumanning har bir mahallasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, oʻtgan davr mobaynida tuman boʻyicha 177 dona turli quvvatdagi transformator punktlari hamda 326 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarida joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi.

Mukammal taʼmirlash va tayyorgarlik ishlari jarayonida mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida yuklamaning fazalar aro teng taqsimlash, daraxt shoxlaridan tozalash, salqi simlarni taranglash, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini yangilash, transformator punktlarida esa moy sathini rostlash-boʻyoqlash, montaj qilish ishlari sifatli yakuniga yetkazildi.

— Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari avgust oyida toʻliq yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan, —deydi Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Shavkatjon Homidjonov. – Shuningdek, belgilangan ishlarga qoʻshimcha ravishda mutaxassislarimiz tomonidan tuman hududidagi 96 dona transformator punktlarini, uzunligi 185 kilometr boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarini joriy va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishi koʻzda tutilmoqda.

                                                                                Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер