Fargʻona maktablarida Yaponiya taʼlim tizimining ilgʻor tajribalari joriy etiladi
Foto: Xalq so‘zi
Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada boʻlib turibdi.
Tashrif rejasiga koʻra, viloyat delegatsiyasi aʼzolari Osaka prefekturasida vitse-gubernator Nobuxiko Yamaguchi bilan muloqot oʻtkazdi. Unda Fargʻona viloyati va Osaka oʻrtasida taʼlim, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuvda Osaka prefekturasi taʼlim boshqarmasi rahbari Xashimito Masasi bilan Yaponiya taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini Fargʻona viloyati maktablarida joriy etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzaro kelishuvga koʻra, yaqin istiqbolda Yaponiya taʼlim tizimida katta tajribaga ega boʻlgan mutaxassis Fargʻona taʼlimini rivojlantirish boʻyicha maslahatchi sifatida jalb etiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring