“Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

12:35 20 Avgust 2022 Siyosat
1130 0

Foto: «Халқ сўзи»

“Faol tadbirkor” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–356-son, 19.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna boʻlayotgan tadbirkorlar uchun “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.

“Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili “Yilning ilgʻor tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari hokimiyatlar bilan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni har yili 10-iyulga qadar Savdo-sanoat palatasiga taqdim etadi.

Nomzodlarni koʻrib chiqish uchun Palata raisi tomonidan 7 kishidan iborat komissiya tuziladi.

Nomzodlarni koʻrib chiqish natijalari har yili 25-iyulga qadar Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Nomzodlarning roʻyxati taqdimnoma bilan har yili 1-avgustga qadar Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaga kiritiladi.

Koʻkrak nishoni har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida Prezident yoki uning nomidan Senat Raisi, Qonunchilik palatasining Spikeri, Prezident Administratsiyasi rahbari, Bosh vazir, vazirlik, idora rahbarlari, hokimlar tomonidan tantanali topshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер