Fanlar akademiyasining 80 yilligi yubileyi oʻtkaziladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–298-son, 09.09.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023-yil 12–14-dekabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Shunga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
— “Ilm-fan – Yangi Oʻzbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;
— Innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi;
— Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga (akademiklikka) tanlov;
— “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring