Facebook videomuloqot xizmatini ishga tushiradi

04:16 25 Aprel 2020 Dunyo
921 0

Amerikaning Facebook kompaniyasi Messenger Room guruhida video qo'ng'iroqlar xizmatini ishga tushirilishini e'lon qildi. Bu haqda kompaniyaning veb-saytida e'lon qilindi.

"Messenger ROOM sizga do'stlaringiz, yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazishingizga imkon beradi. Facebook yoki Facebook Messenger’da "ROOM"ni yarating va har kimga u (Facebook akkauntiga ega bo'lmasa ham) sizning videomuloqotingizga qo'shilishni taklif qiladi. "ROOM"ingizga siz 50 kishini taklif qila olasiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Ta'kidlanishicha, yaqin orada ushbu funksiya Instagram Direct, WhatsApp’ga ham qo’shiladi.

Ma’lumot uchun, Facebook 2004 yil 4-fevralda Mark Sukerberg va uning uchta kursdoshlari tomonidan Garvard universitetida o'qish paytida tashkil etilgan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Facebook'ning oylik auditoriyasi 2,5 milliard foydalanuvchidan oshadi. Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, dunyoda 2,9 milliarddan ortiq odam oyiga hech bo’lmaganda bir marta uning xizmatlaridan foydalanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер