Facebook rekord darajada jarimaga tortildi

15:37 03 Avgust 2019 Dunyo
1214 0

Illyustrativ foto

AQSHning savdo boʻyicha federal komissiyasi Facebook Inc. kompaniyasiga 5 mln. dollar hajmida rekord jarima soldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Boz ustiga, komissiya moliyaviy sanksiyalar bilan cheklanib qolmoqchi emas.

Jarimadan tashqari ushbu ijtimoiy tarmoqqa yangi cheklovlar qoʻyiladi.

Oʻz navbatida kompaniya korporativ tuzilmasini oʻzgartirishga majbur qilinadi.

Qayd etilishicha, sanksiyalar Facebook Inc. oʻz foydalanuvchilari shaxsiy maʼlumotlariga oid qarorlarni qabul qilishda masʼuliyat his etishi uchun kiritilyapti.

Bundan oldin Mark Sukerberg shaxsiy maʼlumotlar sizib chiqib ketgani uchun javobgarlikka tortilgani maʼlum boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер