Sukerberg o‘z kompaniyasi nomini Metaʻga oʻzgartirmoqda

00:08 29 Oktyabr 2021 Dunyo
1392 0

Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Facebook Inc. nomi oʻzgartirilishini maʼlum qildi. Bu haqda u onlayn taqdimotda aytib oʻtdi.

Xabarga koʻra, tadbirda Sukerberg kompaniya nomi rebrending qilinishini bildirgan. Uning aytishicha, bu oʻzgarish kecha — 28-oktyabrdan kuchga kiradi. Tadbir yakunida kompaniyaning yangi nomi Meta boʻlishi taʼkidlangan. Shuningdek, uning yangi logotipi koʻk Mobius tasmasi koʻrinishida boʻladi.

“Endi bizni Meta deb atashadi”, — degan Sukerberg.

Ushbu xabardan keyin Facebook aksiyalarining narxi 3 foizga qimmatlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер