Facebook bilan bogʻliq muammolar boshqa ommaviy ilovalarni ham “ishdan chiqarmoqda”
Facebook SDK tomonida kuzatilayotgan keng miqyosdagi “qotib qolish”lar va sekinlashishlar oqibatida iOSʻdagi qator ommaviy ilovalar faoliyati ham toʻxtab qoldi. Bu haqda Yandeks va boshqa platformalar maʼlum qilgan.
Maʼlumki, tahlil qilish, targetlash va foydalanuvchilarni avtorizatsiyadan oʻtkazish uchun koʻplab ilovalarda Facebook SDKʻdan foydalaniladi.
Bunday nuqsonlar butun dunyodagi TikTok, Spotify, Pinterest, Tinder, Viber foydalanuvchilari, Yandeks va boshqa kompaniyalar servis xizmatlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Mahsulotlari Facebook SDK bilan bogʻliq boʻlgan kompaniyalar mutaxassislar esa ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib borishyapti.
Facebook rahbariyati ham mazkur muammoni bilishi va uning sababini topish ustida ish olib borilayotganini bildirgan. Shunga oʻxshash holat may oyida ham kuzatilgan, ammo kamchiliklar oʻsha kunning oʻzida bartaraf etilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring