“Facebook” asoschisining boyligi 100 milliard dollardan oshdi

16:57 08 Avgust 2020 Dunyo
970 0

Illyustrativ surat

“Facebook” tarmogʻining asoschisi Mark Sukerbergning boyligi 100 milliard dollardan oshgan.

“Bloomberg Billionaires Index” (BBI) maʼlumotlariga koʻra, Sukerbergdan tashqari, “Amazon” bosh direktori Jeff Bezos va “Microsoft” bosh direktori Bill Geyts ham 100 milliard dollardan koʻproq boylikka ega.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, soʻnggi bir yilda Sukerberg 22 milliard dollarga, Bezos esa 75 milliard dollarga boyigan.

Izohlanishicha, Sukerbergning sarmoyasi “Facebook” aksiyalarining “TikTok” servisiga raqobatchi dasturning ishga tushirilishi haqidagi xabardan soʻng koʻtarilishi hisobiga oshgan.

Yaqinda “Facebook” dunyodagi 50 dan ortiq mamlakatlarda “Instagram Reels” qisqa video-xizmatini ishga tushirganini eʼlon qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер