Yevropaning kelajagi Ukrainadagi mojaroning tugashiga bogʻliq — Finlyandiya prezidenti
Foto: Reuters
Finlyandiya prezidenti Niinistening taʼkidlashicha, Yevropaning kelajagi Ukrainadagi mojaroning tugashiga bogʻliq.
Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste Yevropaning kelajagi Ukrainadagi harbiy mojaroning natijasiga bogʻliqligini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb davlatlari Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi, chunki uning ehtimoliy yoʻqotishi ularning barchasiga taʼsir qiladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, oldindagi yoʻl ogʻir va hali oxiri noaniq.
Niiniste Ukrainada faqat adolatli tinchlik xalqaro xavfsizlik asoslarini yaratish imkonini berishiga eʼtibor qaratdi.
Avvalroq, Niiniste Rossiyaning rivojlanayotgan davlatlar bilan yaqinlashuvidan xavotir bildirgan edi. U bu oʻrinda kollektiv Gʻarbga shubha bilan qaraydigan davlatlarni oʻz ichiga olgan BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi) guruhiga ishora qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring